» » Toshkent viloyatida topilgan mo‘y Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ga tegishliligi o‘rganilmoqda (video)

Toshkent viloyatida topilgan mo‘y Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ga tegishliligi o‘rganilmoqda (video)


Toshkent viloyati Piskent tumanida Payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ga tegishli deb taxmin qilinyotgan topilma aniqlandi. Bu haqda Musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent viloyati Piskent tumani Hakim Polvonov nomidagi jamoa xo‘jaligida yashovchi Qo‘ydiniso Quronova xonadonida to‘rt avloddan beri Payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ning muborak mo‘yi saqlanib kelinmoqda. Bu haqda “Dunyo bo‘ylab” telekanali xodimlarining Piskent tumanidagi tasvirga olish ishlari vaqtida ma’lum bo‘lgan.

Payg‘ambarning mo‘yi kichkina shisha idishdagi suvda saqlanib kelgan.

“Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ga tegishli bo‘lgan buyumlar, uy anjomlari hozirgi kunda dunyoning sanoqli davlatlaridagina saqlanadi. Mo‘yi muborak Orif akaga bobosining akasidan meros. U to‘rtinchi avlod vakili hisoblanadi”, — deydi Musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur.

Hozirda diniy idora mutaxassislari tomonidan ushbu topilmaning Payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ga tegishliligi o‘rganilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 14:37)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют