» » Fransuz politsiyasi Parijda hujum uyushtirgan chechenistonlikning ota-onasini qo‘yib yubordi

Fransuz politsiyasi Parijda hujum uyushtirgan chechenistonlikning ota-onasini qo‘yib yubordi


Fransiya politsiyasi Parij shahrida o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qilgan chechenistonlik Xamzat Azimovning ota-onasini hibsdan ozod qildi, deb xabar beradi Meduza.

Politsiya tergovning mazkur bosqichida Azimovning ota-onasining daxli yo‘q, deb topgan. Biroq Fransiya huquq-tartibot organlari xodimlari Azimovning Abdulhakim ismli do‘stini hibsda qoldirdi. Politsiya uning ortidan Parijdagi hujumlargacha, ya’ni u 2017-yilning yanvarida Suriyadagi terrorchilarga qo‘shilishga uringan Ines Xamza ismli ayolga uylanganidan beri kuzatadi.

21 yoshli Xamzat Azimov 12-may kuni Parij markazida o‘tkinchilarga hujum qilgan edi. U bir kishini o‘ldirgan va politsiya tomonidan otib tashlanguniga qadar yana to‘rt kishini jarohatlagan.

Qayd etilishicha, Azimov o‘zini IShID tarafdori deb bilar edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют