» » General Electric va “O‘zbekenergo” o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitimni imzoladi

General Electric va “O‘zbekenergo” o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitimni imzoladi


General Electric hamda “O‘zbekenergo” energetika sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bitim imzoladi, deb xabar beradi Sputnik.

Bitimlarning imzolanishi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi doirasida amalga oshirildi.

Tomonlar Toshkent issiqlik elektr stantsiyasida quvvati 660 megavattdan ortiq bo‘lgan GE H-sinfli turbinasi asosida yangi bug‘-gazli blokni qurish loyihasini ko‘rib chiqdi.

Bugungi kunda ushbu GE sinfiga kiruvchi turbinalar eng kuchli va dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega trubina hisoblanadi.

“‘O‘zbekenergo’ bilan mamlakatda energetika majmualarining samaradorligini va ekologik xavfsizligini oshirishga qaratilgan hamkorlikni rivojlantirishdan mamnunmiz. Ilg‘or GE texnologiyasidan foydalanish O‘zbekiston aholisini va sanoat korxonalarini yuqori sifatli hamda ishonchli energiya bilan ta’minlashga yordam beradi”, — deydi GE’ning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon mintaqasidagi bosh direktori Bela Ferensi.

Bundan tashqari, GE va “O‘zbekenergo” kompaniyasi O‘zbekistonda yangi ko‘mir energiyabloklarini ishlab chiqarish uchun yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish istiqbollarini tahlil qilish bo‘yicha ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют