» » Uch yildan buyon shifoxonada davolanayotgan Nilufardan muruvvatingizni ayamang!

Uch yildan buyon shifoxonada davolanayotgan Nilufardan muruvvatingizni ayamang!


Namangan viloyati Yangiqo‘rgon tumanida yashovchi 9 yoshli Nilufar Sharipova hozirda og‘ir xastalik bilan kurashmoqda.

“Nilufar oilamizning to‘ng‘ich farzandi, bizni birinchi quvonchimiz sababchisi. Qizim ikki o‘g‘il ukasidan farqli ravishda hayotga va bilim olishga qiziqishi juda baland edi. Uni aynan shu qiziqishi tufayli maktabga 6 yoshida qabul qilishdi.

Qizimning yutuqlaridan xursand edik. Ammo quvonchimiz uzoqqa cho‘zilmadi.

Nilufar maktabdan kelib, holsizlanib tez-tez uxlab qoladigan bo‘ldi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, u oyoqlarim og‘riyapti, deb maktabga borolmay qoldi. Men Nilufarni tuman shifoxonasiga olib bordim, shifokorlar unga o‘tkir revmatizm deb tashxis qo‘ydi. Nilufarni shu tashxis bilan ikki yil davolatdik. Lekin natija avvalgidan ham yomonroq edi. Qizim sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli maktabga umuman borolmay qoldi. Og‘riq kuchliligidan kechalari uxlolmay, bu darddan azob chekar edi.

Tumanda tashxisni to‘g‘ri topolmay, viloyatga jo‘natishdi. Afsuslar bo‘lsinki, u yerdagi tashxis ham noto‘g‘ri qo‘yildi. Nilufarni Jarrohlik bo‘limiga joylashtirishdi. Shifokorlar oyog‘i shishib, yiringlab ketgan, kesib olib tashlaymiz, deyishdi.

Lekin Allohim asrab, uning oyoqlaridagi shishi antibiotik dorilarni olgach qaytdi. Og‘riq kuchli bo‘lganligi sababli shishgan ekan. Shu tariqa qizimiz ikki yil noto‘g‘ri tashxis tufayli azob chekib yurdi.

2017-yil 18-mayida Toshkent gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instutiga olib keldik. Poytaxt tibbiy muassasasida Nilufarga o‘tkir limfoblastik leykoz degan tashxis qo‘yishdi. Biz qizimizni bunday kasal bo‘lganidan qattiq iztirob chekdik. Nilufar esa maktabdoshlaridan uzoqda dori va ukollarga tun-u kun bog‘langan. Xuddi ularsiz yashay olmasdek edi.

Unda iroda o‘ta kuchli. Albatta, bu kasallikni yengib, o‘rtoqlari safiga qo‘shiladi, degan umiddaman. Qizim shifo topishi, davolanishi uchun o‘tgan bir yil davomida bor-budimizni sotdik. Qarindoshlar ham yordam berishdi. Do‘st tanishlarimizdan ham qarz olib bo‘ldik.

Qizimiz yana bir yil mobaynida davolananishi zarur. Otasi mablag‘ topish maqsadida Rossiyaga ketgan. Lekin ishlari hozir yaxshi emas. Nilufarning muolajalari to‘xtab qolmasligi uchun kurashyapmiz. Lekin moddiy tomondan ancha qiynalib qoldik”, — deydi Nilufarning onasi.

Hozirda oila Toshkent shahrida ijara uyda yashaydi. Nodira opa qizining davolanish xarajatlaridan tashqari har oy ijara uchun 150 AQSh dollari to‘lashga majbur. Har oy ijaraga va Nilufarning davolanishi uchun mablag‘ yetishmay qolyapti.

Shu bois Nilufarning oilasi ayni vaqtda moddiy ko‘makka muhtoj.

Bir olam orzular bilan hayot uchun kurashayotgan Nilufarxondan yordamingizni ayamang! Unga imkon qadar yordam beraylik!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme) Abduqodirova Nodiraxon.

Agrobank: 8600-0424-8218-8520

Xalq banki: 8600-0609-9765-6955. 

Onasi Nodiraxon Abduqodirovaning telefon raqamlari:

+99890 326 07 18

+99894 171 86 11



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют