» » Mashina kapotida YPX xodimini olib ketgan haydovchi jazoga tortildi

Mashina kapotida YPX xodimini olib ketgan haydovchi jazoga tortildi


Samarqand shahrida IIB YHXB inspektorini mashina kapotida olib ketgan haydovchi jazoga tortildi. Bu haqda jurnalist Farhod Norbo‘tayev “Daryo”ga ma’lum qildi.

2017-yil 24-noyabr kuni soat taxminan 15:30 atrofida Samarqand shahridagi Bo‘stonsaroy va Rudakiy ko‘chalarining kesishuvida IIB YHXB inspektori Abror Yusupov radio aloqa vositasi orqali shahar yo‘l harakati qoidalarining 56-bandini qasddan buzgan holda harakatlanib kelayotgan Zafarjon Lutfiyev boshqaruvidagi Nexia rusumli transport vositasini to‘xtatish haqida xabar oldi.

Inspektor Yusupov jezl yordamida harakatlanib kelayotgan transport vositasini to‘xtatishiga urindi. Inspektor transport vositasining old tomonidan o‘tayotgan vaqtida Lutfiyev mashinaning oynasini ochib uni har xil nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlaydi va yo‘lning o‘rta qatnov qismida harakatlanishni davom etdi. Voqea jarayonida avtomashinaning har ikki tarafida avtomobillar bo‘lgani, chap-o‘ng tomonga o‘tishining iloji yo‘qligi sababli inspektor Yusupov tan jarohati olmaslik uchun avtomashinaning old qismiga chiqib oldi. Haydovchi Z. Lutfiyev kapot ustida inspektorning bo‘lishiga qaramasdan, mashinani to‘xtatmay, harakatni davom ettirdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisi G‘. Negmatov tomonidan mazkur jinoyatni sodir etgan, Samarqand tuman Qumtepa mahallasida yashovchi, muqaddam sudlanmagan, vaqtinchalik ishsiz, 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro Zafarjon Lutfiyevning jinoiy ishi ko‘rib chiqildi.

Sud jarayonida sudlanuvchilar Zafarjon Lutfiyev va Furqat Xidirovlarning xizmat vazifasini bajaryotgan hokimiyat vakilining faoliyatiga qarshilik ko‘rsatishdagi xatti-harakatlari to‘liq o‘rganilib, guvohlarning so‘zlari tinglandi.

Sud hukmiga ko‘ra sudlanuvchi Zafarjon Lutfiyev Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga 8 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют