» » “Via Marokand”ning “O‘zbekkonsert” tomonidan bachkana deb topilgan klipi Zo‘r TV’da namoyish etilmoqda

“Via Marokand”ning “O‘zbekkonsert” tomonidan bachkana deb topilgan klipi Zo‘r TV’da namoyish etilmoqda


“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining qo‘shiqlar va ularga ishlangan video kliplar saviyasini baholash bo‘yicha badiiy kengashi yig‘ilishida “Via Marokand” guruhining “Turist” deb nomlangan video klipini ko‘rib chiqqan edi.

Badiiy kengash yig‘ilishida “Turist” qo‘shig‘ining matni mantiq va she’riyat talablariga javob bermaydigan bachkana so‘zlar asosida ekanligi va klip kadrlari tushunarsiz holatlar mavjudligi kuzatish mumkinligi ta’kidlangandi.

Bundan tashqari, qo‘shiq so‘zlarida “Ram pa papam tara tira tira tam” so‘zlari she’riyat talablariga javob bermaganligi tufayli rad etilib, xonandalar qo‘shiq so‘zlarini shoirlar bilan qayta to‘g‘irlab, qayta topshirishi mumkinligi tavsiya etilgan edi.

“O‘zbekkonsert” tomonidan “qo‘shiq so‘zlarini shoirlar bilan qayta to‘g‘irlab, qayta topshirishi mumkinligi tavsiya etilgan”, “Turist” video klipi Zo‘r TV telekanalida namoyish etilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Via Marokand” guruhi prodyuseri, aktyor va rejissor Javlon Shodmonov Zo‘r TV telekanalidagi bir qator ko‘rsatuvlarga boshlovchilik qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют