» » 2018-yil uchun zakot, fitr va fidya nisoblari miqdori ma’lum bo‘ldi

2018-yil uchun zakot, fitr va fidya nisoblari miqdori ma’lum bo‘ldi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2018-yil uchun zakot, fitr va fidya nisoblari miqdorini ma’lum qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati milodiy 2018-yil (hijriy 1439-yil) uchun zakot nisobi, 1 gramm tilloning bugungi kunda bozorlardagi o‘rtacha narxi 188 235 so‘m atrofida ekanini e’tiborga olib, 85 gramm tillo hisobidan zakot nisobi 16 000 000 so‘m ekani va mazkur summaning qirqdan bir hissasi, ya’ni 400 000 (to‘rt yuz ming) so‘m miqdorda zakot chiqarishni ma’qulladi.

Bu yilgi fitr sadaqasining miqdori viloyat, shahar va tumanlarimizning bozorlaridagi 2 kilogramm bug‘doy narxidan kelib chiqqan holda belgilandi. Masalan, 2018-yilda Toshkent shahar bozorlarida 1 kilogramm bug‘doyning narxi o‘rtacha 2500 so‘m bo‘lsa, demak, 2 kilogramm bug‘doy narxi 5000 so‘m bo‘ladi.

Bu yilgi fidya miqdori doimiy uzr bilan ro‘za tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, o‘rtacha 12 000 so‘m, deb belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют