» » Yuragida tug‘ma nuqsoni bo‘lgan o‘zbekistonlik bolalar Hindistonda bepul davolanib qaytdi

Yuragida tug‘ma nuqsoni bo‘lgan o‘zbekistonlik bolalar Hindistonda bepul davolanib qaytdi


“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan bir qator loyiha amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

25-yanvar kuni yurak nuqsoni bilan og‘rigan bir guruh bolalar Hindistonning Artemis Medicare Services Limited gospitaliga davolanish uchun yuborilgan edi. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng ularning salomatligi tiklanib, O‘zbekistonga qaytib keldi.

Ma’lumot uchun, 2015-yil “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Hindistonning Artemis Medicare Services Limited gospitali hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida o‘zaro uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan.

Ushbu hamkorlik doirasida O‘zbekistondagi tug‘ma yurak nuqsonli bolalar Janubiy Koreya va Hindistonda jarrohlik amaliyoti orqali sog‘lomlashtirilmoqda.

O‘tgan yillar davomida 26 nafar yurak tug‘ma nuqsonli bemor bola Artemis Medicare Services Limited gospitalida shifo topdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют