» » SOCAR va British Petroleum O‘zbekistondagi konlarni o‘rganishda ishtirok etishi kutilmoqda

SOCAR va British Petroleum O‘zbekistondagi konlarni o‘rganishda ishtirok etishi kutilmoqda


“O‘zbekneftegaz”, Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi (SOCAR) va British Petroleum Exploration (Caspian Sea) konlarni birgalikda razvedka qilish va ishlab chiqish, O‘zbekiston investitsiyaviy bloklarida geologiya-razvedka ishlarini olib borish imkoniyatini ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi memorandumlarni imzoladi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati ma’lum qildi.

Marosim Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston neft va gazi — OGU 2018” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, “O‘zbekneftegaz” va KNOC Fergana Janubi-G‘arbiy Hisor mintaqasidagi Dehqonobod va Toshqo‘rg‘on investitsiya bloklarida geologiya-razvedka ishlarini olib borish bo‘yicha kelishuvning kuchga kirish sanasi to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют