» » “Atletiko Madrid” finalda “Marsel”ni tor-mor etib, Yevropa Ligasi chempionligini qo‘lga kiritdi

“Atletiko Madrid” finalda “Marsel”ni tor-mor etib, Yevropa Ligasi chempionligini qo‘lga kiritdi


16-may sanasida Yevropa Ligasining final uchrashuvi Liondagi “Stad de Lion” stadionida bo‘lib o‘tdi. Finalda g‘oliblik uchun Ispaniyaning “Atletiko Madrid” hamda Fransiyaning “Marsel” jamoalari o‘zaro kurash olib bordi.

Uchrashuvda hisob 21-daqiqada “Atletiko M” hujumchisi Antuan Grizmann tomonidan ochildi. O‘yinning 32-daqiqasida “Marsel” sardori Dimitri Payet jarohat olib maydonni tark etdi. Shundan so‘ng “Marsel” darvozasi yana ikki marta ishg‘ol etildi. 49-daqiqada Grizmann dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, 89-daqiqada Gabi o‘yin taqdirini uzil-kesil hal etdi.

Shu tariqa Diyego Simeone shogirdlari klub tarixida uchinchi marta Yevropa Ligasi sohibiga aylandi. Jamoa 2009/10(UEFA kubogi), 2011/12 va 2017/18-yilgi mavsumlarda chempion bo‘lishga erishdi.

Yevropa Ligasi

Final bellashuvi

16-may, chorshanba

Gollar: 0:1 – 21 Grizmann, 0:2 – 49 Grizmann, 0:3 – 89 Gabi.

“Marsel”: Mandanda, Sarr, Rami, Amavi, Payet (Lopes, 32), Luis Gustavo, Okampos (N’Ji, 55), Zambo-Angissa, Toven, Sanson, Jermen (Mitroglu, 74).

“Atletiko”: Oblak, Ximenes, Lyuka Ernandes, Vrsalko (Xuanfran, 46), Godin, Koke, Gabi, Saul, Korrea (Parti, 88), Diyego Kosta, Grizmann (Torres, 90).

Ogohlantirishlar:Vrsalko (23), Amavi (38), Luis Gustavo (75), N’Ji (78), Lyuka Ernandes (78).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 02:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют