» » AQSh KXDRdan yadroviy jangovar kallaklari va raketalarini mamlakat tashqarisiga chiqarib ketishni talab qiladi

AQSh KXDRdan yadroviy jangovar kallaklari va raketalarini mamlakat tashqarisiga chiqarib ketishni talab qiladi


AQSh KXDR bilan muzokaralarda Pxenyandan yarim yil ichida yadroviy jangovar kallaklari, radioaktiv materiallari va qit’alararo ballistik raketalarining hech bo‘lmaganda bir qismini mamlakat tashqarisiga chiqarib ketishni talab qiladi. Bu haqda Yaponiyaning Asahi gazetasi vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

Buning evaziga Vashington KXDRni terrorizm hamkorlari bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatidan o‘chirib tashlashga tayyorligini bildirmoqda. Bu, xabar berilishicha, Pxenyanga, xususan, Xitoy va Janubiy Koreya tomonidan, gumanitar yordam taqdim etilishi uchun yo‘l ochadi.

Ayni paytda manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR va AQSh hozircha bunday turdagi muayyan kelishuvdan uzoqda. Pxenyan, xususan, unga ishonchli xavfsizlik kafolati berilishini, joriy yarashuv sulhining tinchlik shartnomasi bilan almashtirilishini hamda kelgusida diplomatik aloqalar o‘rnatilishi va investitsiyalar berilishini talab qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют