» » “Barselona” Nelson Mandela tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan o‘yinda g‘alaba qozondi

“Barselona” Nelson Mandela tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan o‘yinda g‘alaba qozondi


Kataloniyaning “Barselona” jamoasi JARning sobiq prezidenti Nelson Mandelaning 100 yilligi munosabati bilan “Mamelodi Sandauns” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Yoxannesburgda kechgan bahsda “Barselona” 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Kataloniyaliklar safida Usmon Dembele, Luis Suares va Andre Gomesh gol urishga erishgan bo‘lsa, Janubiy afrikaliklar yagona goli Sibusiso Vilakazi hisobiga yozildi.

“Barselona” joriy mavsumda muddatidan oldin Ispaniya chempionligini, shuningdek, Ispaniya kubogini ham qo‘lga kiritdi. “Mamelodi Sandauns” JAR chempionatida g‘olib chiqqan.

Ma’lumot uchun Nelson Mandela 1918-yilning 18-iyulda tavallud topgan. 1994-yilning 10-mayidan 1999-yilning 14-iyuniga qadar JARda prezident bo‘lgan. Mandela 2013-yilning 5-dekabrida vafot etgan.

O‘rtoqlik uchrashuvi

16-may, chorshanba

Gollar: 0:1 – 3 Dembele, 0:2 – 19 Suares, 0:3 – 67 Andre Gomesh, 1:3 – 76 Vilakazi.

“Mamelodi Sandaunz”: Onyango (Mvine, 66), Langerman, Sumaoro (Madisha, 62), Ngonga (Morena, 90), Arendse, Zvane (Lebese, 90), Mabunda (Moxomi, 90), Billiat (Manisa, 77), Kekana (Sirino, 77), Tau (Brokki, 90), Vilakazi.

“Barselona”: ter Stegen (Sillessen, 46), Nelson Semedu (Serji Roberto, 46), Mina (Ruis de Galarreta, 46; Messi, 74), Din (Alba, 46), Inyesta (Andre Gomesh, 46), Buskets (Pike, 46), Alenya (Kuenka, 46), Denis Suares (Koutinyo, 46), Rakitich (Paulinyo, 46), Dembele (Aleish Vidal, 46), Suares (Pako Alkaser, 46).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...