» » Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qiladi

Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qiladi


AQSh prezidentni Donald Tramp yaqin va o‘rta masofaga uchishga mo‘ljallangan raketalarni likvidatsiya (tugatish) qilish to‘g‘risidagi kelishuvni buzganligi uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketini tayyorlashni Oq uyga buyurdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Buyruq matni Oq uyning saytida e’lon qilingan.

Buyruqda davlat kotibi Mayk Pompeo, milliy razvedka rahbari hamda moliya, mudofaa, savdo-sotiq vazirlari 2018-yilga mo‘ljallangan harbiy budjet to‘g‘risidagi hujjatning 1244 “C” bandida ko‘rsatilgan talablarni bajarishi kerak. Hujjat “Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalarni kiritish rejasi” deb nomlangan. Aslida reja Tramp tomonidan tuzilishi kerak, biroq u o‘z vakolatlarini vazirlarga topshirishga qaror qilgan.

1244-bandga muvofiq Rossiya majburiyatlarni bajarmagani uchun muayyan shaxslarga nisbatan chora ko‘rilishi haqidagi hujjatni prezident ishlab chiqishi va kongressga kiritishi kerak. Hujjatga asosan, Rossiyaning kelishuvni buzishiga olib kelgan qarorlar uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rilishi kerak. Shuningdek, Rossiya hukumati vakillariga nisbatan ham sanksiyalar joriy qilinishi mumkin.

Hisobotda majburiy choralar tatbiq qilinadigan kishilar ro‘yxati keltirilishi lozim. Sanksiyalar AQShdagi aktivlarning bloklanishi, mamlakatga kirishning taqiqlanishi, shuningdek, prezident lozim topadigan har qanaqa choralardan iborat bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, Bloomberg AQSh moliya vazirligi Rossiyaga nisbatan sanksiyalar joriy qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют