» » Qashqadaryoning 4 ta tumani seldan jiddiy zarar ko‘rdi

Qashqadaryoning 4 ta tumani seldan jiddiy zarar ko‘rdi


Uch kun uzluksiz yoqqan yomg‘ir oqibatida Qashqadaryo viloyatining Kitob, Chiroqchi, Yakkabog‘ va Dehqonobod tumanlarida bir necha bor sel toshqinlari kuzatildi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib, “Xalq so‘zi”  xabar bermoqda.

Jumladan, 15-may kuni soat 19:40 larda Kitob tumanida yoqqan kuchli yomg‘ir natijasida tumandagi “Makridsoy”, “Chillisuvsoy”, “Qarlisoy” soylari hududidagi qir-adirlardan yig‘ilgan suv sel oqimini vujudga keltirib, “Sanglaksoy” soyiga quyilgan. Natijada soyga sig‘magan suv Kitob-Makrid avtomobil yo‘liga chiqib, Makrid qishlog‘i chorrahasigacha toshib borgan.

“Jillisuv” qishlog‘ida 5 ta xonadon aholisini sel suvlaridan himoyalash uchun vaqtincha xavfsiz xonadonlarga ko‘chirilgan. Shuningdek, ushbu qishloqdagi 15 ta xonadonning molxona, hovli devorlari, yordamchi binolari, aholi tomorqalari va ekin maydonlariga talafot yetgan.

Ushbu yog‘ingarchiliklar natijasida Dehqonobod tumanidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1275 va 1298-kilometrlariga ko‘p miqdorda sel suvlari yig‘ilishi avtomobil yo‘lining 5 kilometr qismini yuvib ketishiga sabab bo‘lgan. Natijada transport vositalari harakati cheklanib, bir tomonlama yo‘lga qo‘yilgan. Tumandagi “Katta va kichik O‘ra” soyidan ko‘p miqdordagi yomg‘ir suvlari kelishi oqibatida ushbu yo‘nalishdagi jami 10 ta ko‘prikdan 7 tasiga turli darajada ziyon yetgan. Sel suvlari aholi yashash hududidagi 11 ta xonadonga turli darajadagi talafot yetgan. Fuqarolarning 10 dan ortiq yirik va mayda shoxli chorva molini oqizib ketgan.

Shuningdek, Yakkabog‘ tumanidagi “Ishkent” va “Guldara” qishloqlaridagi 4 ta temirbeton suv o‘tkazuvchi kichik ko‘priklar sel suv oqimi natijasida qisman yuvilib ketgan.

15-may kuni sodir bo‘lgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida Chiroqchi tumanining “Navro‘z”, “G‘alaba”, “Paxtakor”, “O‘zbekiston”, “Uyshin” va “Beshchashma” MFY hududlaridagi 50ga yaqin aholi xonadonlarining hovli va tomorqalariga sel suvlari kirib keldi. Ushbu sel suvlari Samarqand viloyati hududidan o‘tuvchi Eskianhor kanali bilan kesishadigan Jomsoy soyi orqali yig‘ilgan yomg‘ir suvi hamda Kitob tumani hududidagi yomg‘ir suvlarining Eskianhor kanalining eski o‘zaniga kelib tushishi oqibatida paydo bo‘lgan.

Viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi bilan birga ichki ishlar xodimlari, suv xo‘jaliklari va tegishli tashkilotlar hamda qishloqlar aholisi tomonidan maxsus texnika vositalari jalb etilgan holda barcha kuchlar tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga qaratilmoqda. Shuningdek, tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda Kitob, Chiroqchi, Dehqonobod va Yakkabog‘ tumanlarida sel toshqinlari keltirgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq viloyatda sel 5 kishining umriga zomin bo‘lgani bildirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют