» » Jovenel Moiz Gaitining yangi prezidentiga aylandi. U ekoturizm yordamida mamlakatni qayta tiklamoqchi

Jovenel Moiz Gaitining yangi prezidentiga aylandi. U ekoturizm yordamida mamlakatni qayta tiklamoqchi


Jovenel Moiz Gaiti prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Moiz 2015-yili bo‘lib o‘tgan prezident saylovida g‘alaba qozongan edi, biroq keyinroq bu saylov natijalari bekor qilindi.

Moiz 2016-yil 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi saylovda ham qatnashib, saylovchilarning 55,6 foiz ovozini qo‘lga kiritdi.

Jovenel Moiz o‘z saylovoldi dasturida Gaitini 2010-yilgi vayronkor zilziladan keyin qayta tiklashni va’da qilgan edi.

Ekologik toza qishloq xo‘jaligi va ekoturizm yordamida Moiz yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimidan aholining barcha qatlamlari foydalana olishini ta’minlashga erishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Gaitida 2010-yili yuz bergan zilzila oqibatida 316 ming kishi halok bo‘lgan, 1,3 million kishi boshpanasiz qolgan, mamlakat iqtisodiyotiga 7,9 milliard dollar miqdorida zarar yetgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют