» » O‘zbekiston mamlakatda qazib olinadigan gazning 20 foizini eksport qiladi

O‘zbekiston mamlakatda qazib olinadigan gazning 20 foizini eksport qiladi


O‘zbekiston respublikada qazib olinadigan gazning 20 foizga yaqinini eksport qiladi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Ulug'bek Saidov ma’lum qildi, deb xabar beradi Sputnik.

“Neft va gaz sanoati korxonalari keng ko‘lamli geologiya-qidiruv ishlarini, jumladan, neft va gaz quduqlarini burg‘ilash, kon joyini aniqlash, neft, gaz va kondensat qazib olish ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Respublikaning tabiiy gaz ehtiyojlari to‘liq qoplanmoqda va uning 20 foizga yaqini eksport qilinadi”, — deydi Saidov OGU—2018 ko‘rgazmasi doirasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda “O‘zbekneftgaz”ning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi qariyb 15 foizni tashkil etadi, davlat budjeti daromadlarining beshdan bir qismi kompaniyaning hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Ta’kidlash kerakki, “O‘zbekneftegaz” OAJning quvvati hozirgi kunda yiliga 70 milliard metr kub tabiiy gaz va 8 million tonna suyuq uglevodorod qazib olish imkoniyatiga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют