» » Toshkentda DreamJob Conference anjumani bo‘lib o‘tadi

Toshkentda DreamJob Conference anjumani bo‘lib o‘tadi


19-may, shanba kuni Toshkent shahridagi Yoshlar markazida DreamJob Conference anjumani bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya o‘z ish faoliyatni boshlayotgan yoshlar uchun mo‘ljallangan.

Tadbirda kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish va ish beruvchilarning nazariga tushish sirlari haqida ma’ruza va mahorat darslari o‘tkaziladi.

Konferensiya Yoshlar ittifoqi Toshkent shahri kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, shuningdek, Alpha Education va DaVinci Management Consulting tomonidan tashkil qilingan.

Konferensiyada Korzinka.uz, Golden House, OLX, Ucell, Beeline, Nestle, Lukoyl, KPMG, GMPT va Orient Finance Bank vakillari ishtirok etadi.

Tadbirda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют