» » Toshkentda ro‘yxatdan o‘tmagan 65 ta masjid bor

Toshkentda ro‘yxatdan o‘tmagan 65 ta masjid bor


Toshkentda ro‘yxatdan o‘tgan jome’ masjidlaridan tashqari tashkilot maqomiga ega bo‘lmagan 65 ta mahalliy masjidlar mavjud. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Odatda, ramazon oylarida taroveh namozini o‘qish uchun mahalladagi keksalarga uzoqqa borish og‘irlik qiladi. O‘zboshimchalik bilan yig‘ilib ro‘yxatdan o‘tmagan namozxonalarda hujjati bo‘lmagan imom boshchiligida taroveh namozini o‘qish taqiqlanadi. Shunday ekan, bunday holatning oldini olish uchun nima sababdan namozxonalar ro‘yxatga kiritilmagan? Bu haqda “Hokimning bir ish kuni“ loyihasi doirasida O‘zA muxbiri Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Turdiqulovdan javob olishga harakat qildi.

Shuhrat Turdiqulov Toshkentda ayni vaqtda diniy tashkilot maqomini olmagan 65 ta namozxonalar borligini tasdiqladi.

Namozxonalarni mahalliy masjid sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga murojaat qilish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qarorga asosan tegishli hujjatlar to‘planib, vazirlikga taqdim etiladi. Adliya vazirligi tasdiqlagach, Toshkent shahar hokimiyati ko‘rib chiqadi.

Vazirlar Mahkamasi qarorida masjid ro‘yxatga kiritilishi uchun belgilangan tartiblar ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra yon atrofdagi masjidlar orasidagi masofa, yong‘in xavfsizligi, diniy tashkilotning nomi, turi, manzili, qaysi dinga mansubligi, maqsadi, vazifalari va faoliyatining asosiy turlari haqida ma’lumotlar to‘planishi kerak. Barcha ishlar, hujjatlar to‘liq taqdim etilsa va ular asosli bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 49) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют