» » Saudiya Arabistonida mag‘lub bo‘lgan “Nasaf” Osiyo Chempionlar ligasi bilan 2017-yilning fevralidayoq xayrlashdi

Saudiya Arabistonida mag‘lub bo‘lgan “Nasaf” Osiyo Chempionlar ligasi bilan 2017-yilning fevralidayoq xayrlashdi


Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqish ilinjida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgan Qarshining “Nasaf” klubi ortga quruq qo‘l bilan qaytadigan bo‘ldi. Pley-off doirasida “Al-Fotih” klubiga qarshi kurash olib borgan Ro‘ziqul Berdiyev murabbiyligidagi jamoa 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

“Nasaf” o‘tish turnirida Bahrayn chempioni hisoblangan “Al-Hidd” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urgandi. Pley-off bosqichida esa o‘z darvozasidan 1 ta gol o‘tkazib yubordi va unga javob qaytara olmadi. “Al-Fotih”ga qarshi Saudiyada bo‘lib o‘tgan o‘yinning 45-daqiqasida Andre Monteyro jarima zarbasidan aniq foydalanib, jamoasiga g‘alaba tortiq qildi.

Portugaliyalik futbolchining goli “Al-Fotih”ni Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichiga olib chiqdi. “Nasaf” esa 2017-yil hisobidan xalqaro maydondagi yurishiga yakun yasadi.

Ma’lumot uchun, “Al-Fotih” klubiga qarshi bellashuvda “Nasaf”ga asosiy darvozabon, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Eldor Suyunov yordam bera olmadi. Jarohati sabab Toshkentda qolgan posbon “Nasaf” ishtirokidagi bellashuvni “Sport” telekanali orqali sharhlab bordi.

Osiyo Chempionlar ligasi
Pley-off
7-fevral, seshanba

Gol: Andre Monteyro, 45 (1:0).

“Nasaf”: Sanjar Quvvatov — Akmal Shorahmedov (Islom Kenjaboyev, 82), Maqsud Karimov (Shahboz Erkinov, 60), Aziz G‘aniyev (Bobur Abduxoliqov, 90), Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Sherzod A’zamov, Odil Hamrobekov, Farruh Sayfiyev, Doniyor Narzullayev, Dragan Cheran.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют