» » Namanganda 2 ming dollar bilan ushlangan kollej o‘qituvchisiga hukm chiqarildi

Namanganda 2 ming dollar bilan ushlangan kollej o‘qituvchisiga hukm chiqarildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi sudyasi N.Raimqulov tomonidan “Atanganguzar” MFY binosida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.Bu haqda “Sarhad.uz” xabar bermoqda.

Ushbu sayyor sudda firibgarlik yo‘li bilan 2000 AQSh dollarini o‘quv yurti hovlisida olgan vaqtda ushlangan Namangan san’at kolleji o‘qituvchisi Oqil Mahkamovning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, sudlanuvchi Oqil Mahkamov kollejning 3-bosqich talabasini Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan tanlovda qatnashishiga ruxsat olish uchun 2 ming dollar berishi, tanlovda birinchi o‘rinni olganidan so‘ng Toshkent davlat konservatoriyasiga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishi, o‘qishga kirgandan so‘ng yana 500 dollar berishlarini aytib, hozir 2000 dollar berishni talab qilgan.

Yuqoridagi holatda sudlanuvchi O.Mahkamov o‘zining xatti-harakati natijasida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasining 1-qismi, 28,211-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan.

Sud jinoyat ishi materiallari yuzasidan O.Mahkamovni aybdor deb topib, JK 59-moddasiga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan eng kam oylik ish haqqining 55 baravari miqdorida — 9 473 200 so‘m jarima jazosi tayinladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют