» » Jasadi Yunusoboddagi kanal bo‘yidan topilgan ayolning shaxsi aniqlandi

Jasadi Yunusoboddagi kanal bo‘yidan topilgan ayolning shaxsi aniqlandi


Jasadi 14-may kuni Yunusobod tumanidan oqib o‘tuvchi Yuqori Bo‘zsuv kanali bo‘yidan topilgan ayolning shaxsi aniqlandi. Bu haqda Toshkent IIBB tomonidan 17-may, payshanba kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

14-may kuni Yunusobod tumani, “O‘zbekgidroenergo-1” kompaniyasi hududidan oqib o‘tuvchi Yuqori Bo‘zsuv kanali bo‘yidan yoshi taxminan 25—30, bo‘yi taxminan 167—169 santimetr bo‘lgan ayol kishining jasadi topilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

“Ayolning shaxsi aniqlandi. Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, — dedi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev.

Tergov ishlari yakuniga yetmagunicha, ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha axborot berish imkoni yo‘qligi ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют