» » O‘zbekiston Ekologiya davlat qo‘mitasi toshbaqa, tipratikan va qushlarning noqonuniy savdosini aniqladi

O‘zbekiston Ekologiya davlat qo‘mitasi toshbaqa, tipratikan va qushlarning noqonuniy savdosini aniqladi


13-may kuni “Eski juva” va “Yangiobod” bozorlarida hayvonot dunyosi vakillari va parrandalarning noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi, deb yozadi “Gazeta.uz” O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga tayanib.

Tezkor-profilaktika reydlarini Ekologiya davlat qo‘mitasi huzuridagi bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyasi inspektorlari olib bordi.

35 dan ortiq toshbaqa, 10 ta tipratikan va 8 ta sayroqi dala qushlari musodara qilindi va tabiiy yashash muhitiga qo‘yib yuborildi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют