» » Toshkent va Qashqadaryoda ikki haydovchi elektrovoz bilan to‘qnashuvda halok bo‘ldi

Toshkent va Qashqadaryoda ikki haydovchi elektrovoz bilan to‘qnashuvda halok bo‘ldi


Toshkent viloyatining Qibray tumanida 16-may kuni O‘rtachirchiq tumanida yashagan T.B. MAN mashinasida Baytqo‘rg‘on mahallasidan o‘tuvchi “Bo‘zsuv—Oqqovoq” temir yo‘lining 4402-kilometridagi temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotganida shu yerda harakatlanib kelayotgan elektrovoz bilan to‘qnashuv sodir etdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Hodisa oqibatida yuk mashinasi haydovchisi jarohat olib, voqea joyida halok bo‘ldi.

Shu kuni Qashqadaryo viloyatida ham yuqoridagi kabi YTH qayd etildi.

G‘uzor tumanidagi Xalqobod qishlog‘ida yashagan Sh.X. Matiz avtomobilini Batosh qishlog‘idan o‘tuvchi “G‘uzor—Qamashi” temir yo‘li kesishmasidan o‘tayotganida shu yerda harakatlanib kelayotgan elektrovoz bilan to‘qnashdi.

Haydovchi Sh.X. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumdi.

Mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют