» » Alla Pugachyova o‘n yil ichida birinchi marta yakkaxon konsert berdi

Alla Pugachyova o‘n yil ichida birinchi marta yakkaxon konsert berdi


Sobiq ittifoq xalq artisti Alla Pugachyova qariyb o‘n yildan buyon birinchi marta yakkaxon konsertini taqdim etdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Konsert 16-may kuni Sankt-Peterburgdagi Mixaylovskiy qasrida yopiq tadbir doirasida bo‘lib o‘tdi.

Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, Pugachyova o‘z qo‘shiqlarini jonli ijro etgan va ajoyib ko‘rinishda bo‘lgan.

Alla Pugachyova konserti davomida tomoshabinlarga ovozi boshqacha bo‘lsa-da, qaytib kelayotganini aytgan va kelasi aprelda 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan yubiley konsertini uyushtirishi mumkinligini bildirgan.

Nashr eslatishicha, Pugachyovaning oxirgi yakkaxon konserti qariyb o‘n yil avval bo‘lib o‘tgan, o‘shanda sahnadan qisman ketishi haqida Primadonnaning o‘zi e’lon qilib, katta konsert va gastrol faoliyatiga nuqta qo‘yishini aytgan. Bu qarorini xonanda salomatligi bilan bog‘liq muammolar va operatsiyalar natijasida ovozidagi o‘zgarishlar bilan izohlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют