» » Afrikada mo‘jizali tumor yasash uchun 5 yashar albinos qizchani o‘ldirishdi

Afrikada mo‘jizali tumor yasash uchun 5 yashar albinos qizchani o‘ldirishdi


Malida tumor yasash uchun besh yoshli albinos qizchani uyidan o‘g‘irlab ketib, boshini uzib tashlashdi, deb yozadi Daily Mail.

Hodisa Mali poytaxti Bamakodan 125 km masofadagi Fana qishlog‘ida yuz berdi. Qurollangan shaxslar ikki qizi bilan uxlab yotgan ayolning uyiga bostirib kirib, albinos farzandlaridan birini olib ketgan.

Keyinroq qizcha boshsiz holda mahalliy masjidning orqasidan topilgan.

G‘azablangan mahalliy aholi tartib posbonlari bolaning xavfsizligini ta’minlay olmagani uchun harbiy politsiya uchastkasiga o‘t qo‘ydi.

Albinoslarning diniy marosim doirasida qurbonlik uchun o‘ldirilishi Afrikada keng tarqalgan holat. Mahalliy e’tiqodga ko‘ra, tana a’zolaridan yasalgan tumorlar kasalliklardan himoya qiladi, shuningdek, boylik va omad keltiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют