» » Yevropa Ligasida mavsumning ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

Yevropa Ligasida mavsumning ramziy terma jamoasi e’lon qilindi


UEFA 2017/18-yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, Yevropa Ligasi ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Unga ko‘ra tarkibdan eng ko‘p o‘yinchi mavsum chempioni “Atletiko Madrid”dan o‘rin olgan. “Matraschilar”ning 6 nafar o‘yinchisi ramziy termadan o‘rin oldi.

Tarkib 18 nafar o‘yinchidan iborat bo‘ldi.

Darvozabonlar: Yan Oblak (“Atletiko”), Ruy Patrisiu (“Sporting”);

Himoyachilar: Leonardo Bonuchchi (“Milan”), Diyego Godin (“Atletiko”), Shtefan Layner (“Zalsburg”), Luis Gustavo (“Marsel”), Buna Sarr (“Marsel”);

Yarim himoyachilar: Brunu Fernandesh (“Sporting”), Nabi Keyta (“RB Leypsig”), Diadye Samasseku (“Zalsburg”), Koke, Saul, Gabi (barchasi – “Atletiko”);

Hujumchilar: Jelson Martinsh (“Sporting”), Antuan Grizmann (“Atletiko”), Chiro Immobile (“Latsio”), Dimitri Payet (“Marsel”), Timo Verner (“Leypsig”).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют