» » O‘zbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan quyosh elektr stansiyalari qurilishiga investitsiya jalb qilish haqida bitim imzoladi

O‘zbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan quyosh elektr stansiyalari qurilishiga investitsiya jalb qilish haqida bitim imzoladi


O‘zbekiston Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan konsultatsiya xizmatlari haqida bitim imzoladi, deb yozadi Spot kompaniya saytiga tayanib.

IFC O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyalarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish uchun xususiy investorlarni jalb qilish maqsadida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga yordam beradi.

IFC, shuningdek, bunday loyihalarni amalga oshirish uchun 1 milliard dollargacha bo‘lgan investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashadi.

Avvalroq Kanadaning SkyPower Global kompaniyasi bilan bitim tuzilgani, u O‘zbekistonda umumiy qiymati 1,3 milliard dollarga teng bo‘lgan fotoelektr quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha obyektlarni loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish, egalik qilish va foydalanish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют