» » Toshkent shahridagi 115 masjidda taroveh namozlari boshlandi

Toshkent shahridagi 115 masjidda taroveh namozlari boshlandi


Toshkent shahrida taroveh namozi o‘tgan yili 108 masjidda o‘qilgan bo‘lsa, bu yil 115 ta masjidda boshlandi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan 1850 kishiga mo‘ljallangan “Imom at-Termiziy” jome’ masjidi to‘liq ta’mirdan chiqarilgani muborak oyning yana bir tuhfasi bo‘ldi.

Uchtepa tumanida 2 yangi masjid foydalanishga topshirildi. 5 masjid to‘liq ta’mirdan chiqdi.

Masjidlarning ozodaligi, hovlilarida mikroiqlim moslamalarining o‘rnatilganligi, zamonaviy sovutgichlar hamda ovoz kuchaytirgichlarni yangilanganligi, gilamlarning qayta solingani va eng zamonaviy yoritgichlarning joylashtirilgani ularning yorug‘ va ko‘rkam bo‘lishini ta’minladi.

Sovuq va issiq suvlarning bir maromda ishlab turganligi bu maskanlarning yanada obod bo‘lishiga zamin yaratdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют