» » O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlari o‘tgan yilgiga nisbatan 10 taga kamaydi

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlari o‘tgan yilgiga nisbatan 10 taga kamaydi


Bosh prokuratura tomonidan voyaga yetmaganlar huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol toptirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida ular o‘rtasida jinoyatchilik darajasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35,9 foizga (239/373) va jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar sonining 37,9 foizga (289/466) kamaygan.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida o‘z joniga qasd va suiqasd qilishning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida 2018-yil 1-may holatiga ko‘ra, voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi o‘z joniga qasd qilish holatlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 (163/153) taga kamaydi.

Qizlarni erta turmushga berish holatlarini oldini olish maqsadida erta turmushning salbiy oqibatlari va qonunchilikda belgilangan javobgarlik xususida 1 447 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi, 107 ta holatda erta turmush qurishning oldi olindi, 3 ta erta turmush qurish holati aniqlanib, 7 nafar aybdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют