» » “Rosatom” harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan yadro reaktorlarini ishlab chiqaradi

“Rosatom” harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan yadro reaktorlarini ishlab chiqaradi


Rossiya atom tarmog‘i mutaxassislari harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan og‘ir suyuq metalli issiqlik tashuvchisiga ega yadro reaktorlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda “Rosatom” AJ ning “Gidropress” tajriba-konstruktorlik byurosi (Moskva viloyati, Podolsk) hisobotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Og‘ir suyuq metalli issiqlik tashuvchilariga ega reaktor qurilmalari: davlat mudofaa buyurtmasi doirasida ish olib borilmoqda”, — deyiladi “Gidropress”ning 2017-yil uchun hisobotida. Loyiha-konstruktorlik, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari haqida ta’kidlangan, ammo batafsil ma’lumotlar oshkor etilmagan.

Og‘ir suyuq metalli issiqlik tashuvchilariga misol sifatida qo‘rg‘oshin va uning vismut bilan qorishmasini keltirish mumkin. Rossiya atom sanoati tezkor neyronlar va sovitilgan qo‘rg‘oshin-vismut asosida bir qancha suv osti atom kemalari uchun reaktorlar yaratgan. Ulardan biri “Alfa” nomi bilan tanilgan yadro-energetik qurilmalar bo‘lib, tezlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Rosatom” O‘zbekistonni yangi loyihalar uchun eng istiqbolli davlat deya baholagan. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv imzolangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют