» » Olimlar Quyoshdan 13 milliard yorug‘lik yili masofasida joylashgan galaktikani aniqladi

Olimlar Quyoshdan 13 milliard yorug‘lik yili masofasida joylashgan galaktikani aniqladi


Astronomlar koinotda Katta portlashdan 250 million yil o‘tib vujudga kelgan galaktikani aniqlashdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

MACS1149-JD1 yulduzlar qo‘shilmasi Quyosh sistemasidan 13,28 milliard yorug‘lik yili masofasida joylashgan. Hozirgacha o‘rganilgan kosmik jismlar ichida yangi galaktika Quyosh sistemasidan eng uzoqda joylashgan. Astronomik kuzatishlar ishtirokchilaridan biri, Londondagi universitet kolleji xodimi Nikolas Laportning aytishicha, galaktika kislorod topilgan eng olisdagi kosmik obyektdir.

Galaktikani kuzatish ishlari 2012-yili boshlangan. Hozirda “Xabbl” va “Spitser” orbital teleskoplari orqali olingan ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, astronomlar galaktikagacha bo‘lgan masofani yanada aniqroq o‘lchashga muvaffaq bo‘ldi. “Bu vaqt va zamon bo‘ylab o‘ziga xos sayohat, Katta portlashga qaytishday gap”, — deydi astronom. Olimlarning maqsadi — Borliq vujudga kelishining dastlabki bosqichini o‘rganish. Shunda olimlar eng asosiy savolga javob topishga muvaffaq bo‘ladi: dastlabki yulduz va galaktikalar qanday bo‘lgan? Nikolas Laportning fikricha, MACS1149-JD1 galaktikasini kuzatish ishlari bu yo‘nalishda qo‘yilgan muhim qadamlardan biri bo‘ladi. Astronom Richard Bouensning fikricha, olisdagi galaktikalarni yangi Jeyms Uebb orbital teleskopi orqali kuzatish kerak. Teleskop ko‘zgusining diametri 6,5 metrni tashkil qiladi, u 2019-yilning mart-iyun oylarida orbitaga uchiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют