» » Alaska Airlines styuardessasi odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi kimsalar qo‘liga tushgan qizni qutqardi. Hojatxonadagi yozuv orqali

Alaska Airlines styuardessasi odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi kimsalar qo‘liga tushgan qizni qutqardi. Hojatxonadagi yozuv orqali


Alaska Airlines aviakompaniyasi styuardessasi samolyot hojatxonasida qoldirilgan yozuv tufayli o‘smir qizni odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi kimsalar qo‘lidan qutqardi. Bu haqda “Korrespondent.net” hikoya qilmoqda.

Shelia Fedrikning jurnalistlarga aytishicha, u havo kemasida beo‘xshov kiyingan qizni o‘ziga qaragan erkakning yonida ko‘rgandayoq bezovta bo‘lgan.

O‘smir qiz do‘zax azobini boshidan kechirgandek ko‘rinar, erkak esa uning styuardessa bilan gaplashishiga imkon bermasdi.

Shunda Fedrik qizga hojatxonaga kirishga ishora qildi, bu yerdagi oynada esa uni qanday yordam kerakligi so‘ralgan yozuv kutardi. Qiz uning ostiga ko‘makka muhtoj ekanligi haqida yozuv qoldirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, u odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar qo‘liga tushib qolgan. Fedrik yuz bergan holat haqida uchuvchiga xabar bergan, u esa politsiyani oldindan ogohlantirib qo‘yishga ulgurgan.

2011-yili Alaska Airlines aviakompaniyasi reysida yuz bergan hodisa shu haftada OAVda yoritildi. Hozirda qutqarib qolingan qiz kollejda o‘qimoqda va hanuzgacha styuardessa bilan aloqasini uzmagan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют