» » Nukusda davlat daromadlariga o‘tkaziladigan tovarlar yarmarkasi tashkil etildi

Nukusda davlat daromadlariga o‘tkaziladigan tovarlar yarmarkasi tashkil etildi


Nukus shahridagi “Nukus dehqon bozori” AJ savdo majmuasida Hisob palatasi, Qoraqalpog‘iston Majburiy ijro byurosi va Qoraqalpog‘iston soliq inspeksiyasi hamkorligida davlat daromadlariga o‘tkaziladigan tovarlar savdo yarmarkasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Savdo yarmarkasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning ijro hujjatlariga asosan tashkil qilingan.

Muvaqqat tarzda o‘tkazilayotgan 2 kunlik yarmarkada qiymati 400 million so‘mdan oshadigan tovarlar sotuvga chiqarilgan. Shu jumladan, arzonlashtirilgan narxdagi yuzdan ortiq kiyim-kechak, poyabzal, gazlama, sochiq, parfyumeriya mahsulotlari, uyali telefon apparatlari va ularning ehtiyot qismlari kabi mahsulotlar sotiladi.

Yarmarkada MIB tomonidan onlayn auksion o‘tkaziladi.

Savdo yarmarkasida sotilmay qolgan yoki jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning ijro hujjatlariga asosan davlat daromadlariga o‘tkazilishi belgilangan boshqa mahsulotlar Nukus shahridagi maxsus shohobchalarda sotiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют