» » Farg‘onada yosh yong‘in o‘chiruvchilar musobaqasi o‘tkazildi

Farg‘onada yosh yong‘in o‘chiruvchilar musobaqasi o‘tkazildi


Farg‘onada kollej o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh yong‘in o‘chiruvchi” musobaqasi o‘tkazildi.  Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Musobaqada tuman bosqichlarida saralangan 19 ta jamoa o‘zaro bellashdi. Jami 152 nafar o‘quvchi qatnashdi. Ishtirokchilar 400 metrga o‘t o‘chiruvchilar estafetasi, 100 metrga to‘siqlar osha yugurish, narvonda o‘quv minorasining 2—3-qavatiga ko‘tarilish kabi shartlarni bajarishdi. Savol-javob asosida yong‘in xavfsizligiga oid bilimlar sinovdan o‘tkazildi.

Musobaqada Oltiariq tumani jamoasi g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni Farg‘ona tumani va Farg‘ona shahri yosh o‘t o‘chiruvchilari egalladi.

Musobaqa Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют