» » O‘zbekistonda harbiy xizmatchilarning farzandlari davlat grantlari asosida o‘qishga qabul qilinadi

O‘zbekistonda harbiy xizmatchilarning farzandlari davlat grantlari asosida o‘qishga qabul qilinadi


O‘zbekiston Prezidentining Qurolli Kuchlar harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab Qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlari kvotasidan tashqari, harbiy oliy ta’lim muassasalariga esa kursantlarning umumiy qabul sonidan 5 foizli davlat granti asosida qabul kvotasi ajratiladi.

Kvota asosida kirish hamda davlat granti asosida ta’lim olish huquqi tegishli vazirlik va idoralarning tavsiyanomalariga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlariga beriladi.

Tavsiyanomalar harbiy xizmatchilarning bevosita boshliqlari (komandirlari) iltimosnomasiga asosan tegishli vazirlik tomonidan beriladi.

5 foizli kvota chegarasida harbiy xizmatchilarning farzandlarini qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.

Qaror bilan 5 foizli qabul kvotasi quyidagicha taqsimlandi:

Mudofaa vazirligi — 44 foiz; Ichki ishlar vazirligi — 10 foiz; Favqulodda vaziyatlar vazirligi — 3 foiz; Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — 1 foiz; Davlat xavfsizlik xizmati — 33 foiz; Milliy gvardiya — 10 foiz; Prezidentning davlat xavfsizlik xizmati — 2 foiz.

Shuningdek, 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab harbiy xizmatni o‘tashda halok bo‘lgan, yarador bo‘lgan, kontuziya, shikast olish natijasida nogiron bo‘lib qolgan yoki kasalliklarga duchor bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga davlat granti asosida tanlovsiz qabul qilinadi.

Vazirlik va idoralarga 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab oldin to‘lov-shartnoma asosida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga o‘qishga kirgan, harbiy xizmatni o‘tashda halok bo‘lgan ofitserlar, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlarning farzandlari uchun shartnoma pulini to‘lab berishga ruxsat berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 15) ( 0) ( 14) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют