» » JSST Kongo DKda Ebola virusini yuqtirish xavfi yuqori darajada ekanligini ma’lum qildi

JSST Kongo DKda Ebola virusini yuqtirish xavfi yuqori darajada ekanligini ma’lum qildi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Kongo demokratik respublikasida Ebola virusi chaqirgan kasallikka chalinish xavfi darajasi o‘ta yuqori ekanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Avvalroq tashkilot Kongo demokratik respublikasida qayd etilgan Ebola virusi chaqirgan ilk kasallik holati shahar hududida ro‘yxatga olinganini, bu esa kasallikning yanada keng tarqalishi bilan xavfli ekanligini ma’lum qilgan edi.

“Voqealarning bunday rivojlanishi xavotirga sabab bo‘ladi”, — deydi JSST direktori  Tedros Adanom Gebreyesus.

Biroq, u hozirda sog‘liqni saqlash organlarida Ebola bilan kurashish uchun avvalgidan ko‘proq vositalar mavjudligini ta’kidlagan.

Ayni vaqtda Kongo demokratik respublikasida Ebola virusi chaqirgan kasallikka chalinish bo‘yicha 40 dan ortiq holat qayd etilgan.

Bu mamlakatda virus aniqlangan 1976-yildan beri kasallik keng tarqalgan to‘qqizinchi holat hisoblanadi.

2017-yilda Kongo demokratik respublikasida Ebola virusidan sakkiz kishi vafot etgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют