» » Jo‘qorg‘i Kengesda Janubiy Koreya tadbirkorlari delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jo‘qorg‘i Kengesda Janubiy Koreya tadbirkorlari delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesida Janubiy Koreyaning Evergreen Motors Group kompaniyasi raisi Kim Chang Keon boshchiligidagi tadbirkorlar, ta’lim va ijtimoiy soha vakillari delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligiga tayanib, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi matbuot xizmati xabar bermoqda.

— Tashrifimiz davomida biznes-forum o‘tkazish, Beruniy tumani hududida barpo etiladigan sement zavodi qurilishini boshlash, kelajakdagi hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolash rejalashtirilgan, — deydi delegatsiya rahbari Kim Chang Keon. – Avgust oyida Janubiy Koreyadan 200 kishidan iborat delegatsiya, jumladan, 60 nafar sog‘liqni saqlash sohasi xodimi, 40 ta tadbirkor va 100 ta turistning Qoraqalpog‘istonga tashrifi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Evergreen Motors Group kompaniya raisi Kim Chang Kyon boshchiligidagi biznes-delegatsiya vakillari joriy yil 5—6-mart kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют