» » “O‘zstandart” agentligida butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan anjuman tashkil etildi

“O‘zstandart” agentligida butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan anjuman tashkil etildi


Har yili butun jahonda 20-may metrologiya kuni sifatida keng nishonlab kelinadi. Shu munosabat bilan “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston milliy metrologiya institutining tashabbusi bilan ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Joriy yilda Butunjahon metrologiya kuni “Xalqaro o‘lchamlar tizimining doimiy evolyutsiyasi” shiori ostida nishonlanmoqda.

Konferensiya ishtirokchilari “O‘zstandart” agentligi va tarkibiy bo‘linmalari yetakchi metrolog-mutaxassislarining ma’ruzalari bo‘yicha mamlakatimizda o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha bajarilayotgan ishlarning holati va shu faoliyatni rivojlantirish asosiy yo‘nalishlari bilan tanishib, metrologiya sohasidagi yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar qoidalarining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

“Metrologiya – 2018” konferensiyada Toshkent davlat texnika universiteti hamda Andijon davlat universiteti, Mudofaa vazirligi va Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi va Navoiy mashinasozlik zavodi, “Unicon.uz” DUK va “Paxta ilmiy markazi”ning mutaxassislari ham o‘z ma’ruzalarini taqdim etadi.

“Metrologiya – 2018” konferensiya ishtirokchilari “O‘zstandart” agentligi majlislar zalining foyesida “O‘zMMI” DKda qo‘llaniladigan o‘lchash texnikasining yangi namunalari ko‘rgazmasi bilan ham tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют