» » Qoraqalpog‘istonda 2 million 800 ming so‘m asossiz “qarzdorlik” iste’molchi foydasiga hal qilindi

Qoraqalpog‘istonda 2 million 800 ming so‘m asossiz “qarzdorlik” iste’molchi foydasiga hal qilindi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani Navoiy ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Ergash Hasanov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi, deb yozadi O‘zA.

Iste’molchining xonadonida 2015-yil 16-avgust kuni elektr hisoblagichsiz foydalanib o‘tirganligi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

2015-yil 17-avgust kuni yuqorida tuzilgan dalolatnomaga asosan, qayta hisob-kitob qilinib, 1095 kunlik ya’ni, 3 yillik muddatga elektr energiya istemol qilinganligi to‘g‘risida hisoblagichsiz elektrdan foydalangani uchun Beruniy TETK elektr energiyasidan 3 600 000 so‘m jarima to‘lovi hisoblab qarzdorlik belgilangan.

Jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilishi natijasida iste’molchining 0,9 KVT * 24 soat * 1095 kun = 23 652 KVT soatni * 155 so‘m ta’rifga ko‘paytirish natijasida 3 666 060 so‘m jarima hisoblanganligi ma’lum bo‘ldi.

Noto‘g‘ri hisoblangan qayta hisob-kitobni ko‘rib, aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekenergo” AJga murojaat qilindi. Iste’molchining arizasi adolatli yechim topib, 2 800 000 so‘m iste’molchi foydasiga hal qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют