» » O‘zbekistonda tez tibbiy yordam brigadasi uchun ajratiladigan vositalar miqdori ko‘paytiriladi

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam brigadasi uchun ajratiladigan vositalar miqdori ko‘paytiriladi


Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati brigadasi uchun zarur bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlari ro‘yxatiga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Avgust oyining ikkinchi yarmidan boshlab tez tibbiy yordam brigadasi ishi uchun zarur bo‘lgan ayrim tibbiy buyumlarga nisbatan yangi talablar amal qila boshlaydi.

Chunonchi, har bir brigadaga kamida 20 juft bir marta ishlatiladigan qo‘lqoplar ajratiladi (hozir bir juft). Hajmi 2, 5 va 10 gramm bo‘lgan shpritslar soni har bir turi bo‘yicha 5 donadan 10 donagacha oshiriladi.

Bundan tashqari, har bir brigada uchun zarur bo‘ladigan tibbiy paxta miqdori aniqlashtirildi – 100 gramm. Steril va nosteril bintlar 2 donadan bo‘lishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют