» » Yangi trend! Ikat uslubidagi manikyur

Yangi trend! Ikat uslubidagi manikyur


Ikat naqshi milliy texnikasi nafaqat o‘zbek modasining rivoji, balki Oskar de la Renta, Nikolya Geskyer, Frida Janini kabi dizaynerlar ham o‘zbek mavzusiga murojaat qilganligi tufayli moda sahnalarida ommalashdi.

Mashhur beautopia internet blogeri bu trendni manikyur olamiga ham olib kirdi. Siz ham tirnoqlaringizda bunday maftunkor go‘zallikni yaratishga urinib ko‘rishingiz mumkin.

Bu texnikaning rang yechimlari turli-tuman bo‘lishi mumkin. Quyida uning eng oddiysi — uch xil rang ishtirokidagi variantini e’tiboringizga havola etamiz.

Bizga fon uchun oq, qora va naqsh chizish uchun to‘q sariq rangli laklar kerak bo‘ladi. Shuningdek, lak uchun mo‘ljallangan ingichka cho‘tkacha ham kerak.

Mazkur dizaynning ustun jihatlari bir talay. Birinchidan uni hosil qilish uchun ko‘p tajriba talab etilmaydi, qisqa chiziqlarni har birimiz chiza olamiz. Ikkinchidan, rang uyg‘unligini makiyaj yoki libosimizga mos holda tanlashimiz mumkin.

Tajriba qilib ko‘rishdan cho‘chimang!

Опубликовано: admin (8-02-2017, 00:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 105) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют