» » Merapi vulqoni 8 yillik tanaffusdan keyin “uyg‘ondi” (video)

Merapi vulqoni 8 yillik tanaffusdan keyin “uyg‘ondi” (video)


National Geographic Merapi vulqonining otilishi vaqtida olingan videoni e’lon qildi.

Yava orolida joylashgan Merapi vulqoni — Indoneziyadagi eng faol vulqon. Vulqon nomi “olov tog‘i” deb tarjima qilinadi. Vulqonning otilishi oqibatida 2010-yili 35 kishi, 1930-yili 1300 ga yaqin kishi halok bo‘lgan.

Oradan 8 yil o‘tib Merapi yana “uyg‘ondi”: 11-may, juma kuni erta saharda vulqon cho‘g‘larining 5,5 kilometr balandlikka kuchli otilishlari kuzatildi. Natijada vulqon yaqinidagi Adisutjipto xalqaro aeroportining ishi to‘xtatildi. Vulqonning atrofidagi 5 kilometr radiusda aholi evakuatsiya qilindi.

Bir guruh turistlar vulqon otilishining boshlanishini tasodifan tasvirga oldi. Cho‘g‘ ko‘tarilishni boshlaganida odamlar dam olish, ovqat tayyorlash va vulqon yonbag‘riga chiqish bilan ovora edi.

Vulqonning otilishini kutilmagan hodisa deyish qiyin. 2017-yili vulqonshunoslar Merapini yaqin orada faollashishi mumkin bo‘lgan vulqonlar sirasiga kiritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют