» » O‘yinni 9 kishi bo‘lib yakunlagan “Barselona” o‘z uyida “Atletiko”ni yuta olmadi va finalga yo‘l oldi

O‘yinni 9 kishi bo‘lib yakunlagan “Barselona” o‘z uyida “Atletiko”ni yuta olmadi va finalga yo‘l oldi


Futbol bo‘yicha Ispaniya kubogining amaldagi egasi hisoblangan Kataloniyaning “Barselona” klubi yana bir bor final chiptasini qo‘lga kiritdi.

Yarim finalning ilk uchrashuvini Madriddagi “Visente Kalderon” stadionida o‘tkazgan “Barselona” 2:1 hisobida zafar quchgandi. “Kamp Nou”dagi bellashuvda esa g‘olibni aniqlab bo‘lmadi — 1:1.

O‘yinda hisob Luis Suares tomonidan ochildi. 80-daqiqada madridliklardan Kevin Gameyro penaltidan aniq foydalana olmadi. Oradan uch daqiqa o‘tib uning o‘zi muvozanatni tiklashga erishdi. Uchrashuvni boshqarib borgan hakam mehmonlarning bitta, mezbonlarning esa ikki nafar futbolchisini maydondan chetlatdi.

Ispaniya kubogi
Yarim final
7-fevral, seshanba

Gollar: Luis Suares, 43 (1:0). Kevin Gameyro, 83 (1:1).
Noaniq penalti: Kevin Gameyro, 80 (A).
Chetlatishlar: Serxi Roberto, 57 (B). Yannik Ferreyra-Karrasko, 69 (A). Luis Suares, 90 (B).
Dastlabki uchrashuv: 2:1.

Yarim finalning ikkinchi juftligida “Selta” bugun — 8-fevral kuni “Alaves” maydonida saf tortadi. Tomonlarning Vigodagi o‘yinida hisob ochilmagandi — 0:0.

Ispaniya kubogining final o‘yini 27-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют