» » Toshkentda 7 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ayol onalik huquqidan mahrum etildi

Toshkentda 7 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ayol onalik huquqidan mahrum etildi


Toshkent shahar IIBB JQB va Bosh prokuratura xodimlari 7 kunlik chaqalog‘ini 4 ming AQSh dollari evaziga sotmoqchi bo‘lgan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar IIBBga poytaxt hududida ayol kishi o‘zining shu yil 5-may kuni dunyoga kelgan qiz farzandini sotish uchun mijoz qidirayotgani haqidagi xabar kelib tushgan. Mazkur ma’lumot asosida Toshkent shahar IIBB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamkorligida tezkor tadbir rejasi ishlab chiqildi. Ushbu tezkor tadbir davomida Toshkent viloyatida tug‘ilgan  23 yoshli Xayriniso (ismi o‘zgartirilgan) qo‘lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan (“odam savdosi”) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ona ota-onalik huquqidan mahrum qilindi, chaqaloq mehribonlik uyiga joylashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют