» » Ispaniyada shifokorlar xatosi sababli italiyalik erkakning qo‘li va oyog‘i kesib tashlandi

Ispaniyada shifokorlar xatosi sababli italiyalik erkakning qo‘li va oyog‘i kesib tashlandi


Ispaniyaning Mursiya shahrida italiyalik Devid Morano bilan qayg‘uli hodisa yuz berdi. Joriy yilning yanvar oyida 24 yoshli erkak kasal bo‘lib, shifokor qabuliga isitma va jag‘ og‘rig‘idan shikoyat qilib kelgan, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Devid qon va peshob tahlillarini topshirgan, biroq ular hech qanday salbiy natijalarni chiqarmagan, shuning uchun shifokorlar unda oddiy gripp ekanligi va uni davolanish uchun uyga jo‘natish haqida qaror qilgan. Biroq Devidning ahvoli og‘irlashgan, isitmasi 39 darajagacha chiqib, qayd qilishni boshlagan, yuzida esa qizg‘ish dog‘ paydo bo‘lgan. Dog‘lar uning oyoqlariga ham o‘tgan.

Morana yana shifoxonaga qaytib kelgan. Bu safar shifokorlar unga meningit tashxisini qo‘ygan. Ikki kundan keyin dog‘lar butun tanani egallagan va binafsharang tus olgan. Erkakni qutqarib qolish uchun uning harakat a’zolarini kesib tashlashga to‘g‘ri kelgan.

Devid Morana avval faol ravishda sport bilan shug‘ullangan, uning do‘stlari ko‘p bo‘lgan. U hozir avvalgi holatiga qaytishga umid qilmoqda va uning kelajakda ko‘plab rejalari bor. Shu bilan birga, u harakat a’zolarini qayta tiklash uchun pul yig‘ishni boshlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют