» » Surxondaryoda sel kelishi sababli 750 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi

Surxondaryoda sel kelishi sababli 750 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanidagi Elobod, Azlarsoy va Bog‘or mahallalari hududidagi 116 ta uyda yashovchi 754 nafar aholini evakuatsiya qildi, deb xabar beradi Sputnik.

“18-may soat 17:40 da uchta mahalla hududida sel oqimi kuzatilib, bir qism uylarni suv bosdi. Natijada aholi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilindi”, — deya ma’lum qildi FVV.

Sel oqibatlarini bartaraf qilish uchun Qumqo‘rg‘on tumani hokimligida tuman hokimi rahbarligida tezkor shtab tuzilgan. Shtab tarkibidan favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar bo‘limi, kommunal xizmat va boshqa tegishli tashkilotlar o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FVV O‘zbekistonning qator viloyatlarida 22-maygacha sel kelish xavfi mavjudligidan ogohlantirgandi.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda sel 5 kishining umriga zomin bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют