» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda gripp va boshqa infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda gripp va boshqa infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qarorni imzoladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarning tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Unda Sog‘liqni saqlash vazirligining gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarni profilaktika qilish, ularga tashxis qo‘yish va davolash sohasidagi ishlari qoniqarsiz, deb topilgan.

Quyidagilar Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda boshqa mas’ul idoralarning gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha asosiy vazifalari etib belgilandi:

Umumjahon va mintaqaviy sanitar-epidemiologik holatning doimiy tahlili hamda monitoringini olib borish, mamlakatda gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarning tarqalishi tendensiyalari hamda keng tarqalishi mumkin bo‘lgan holatlarni prognoz qilish;

Gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalar muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda ularni muvofiqlashtirish, vaksinalar, virusga qarshi vositalar va himoya vositalarining, ushbu kasalliklarni profilaktika qilish, ularga tashxis qo‘yish hamda davolashning innovatsion usullarini ishlab chiqish va joriy etish;

Sog‘liqni saqlash muassasalari va aholini zarur hajmda dolzarb vaksinalar, virusga qarshi vositalar hamda shaxsiy himoya vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlash va ularning zaxirasini shakllantirish;

Gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarning kompleks profilaktikasini, birinchi navbatda, yuqtirish va og‘ir oqibatlarga chalinish xavfi yuqori bo‘lgan aholi toifasining umumiy vaksinatsiyasini tashkil etish orqali amalga oshirish;

Keng tarqalishi mumkin bo‘lgan gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarning ilk epidemiologik belgilarini aniqlash va kelgusida aholi o‘rtasida kasallanishni kamaytirish uchun kompleks shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2018-yilda O‘zbekistonda gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun xorijiy davlatlar, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari (qarzlari)ni va grantlarini hamda byudjetdan tashqari boshqa mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish topshirildi.

Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblari bo‘yicha grippning og‘ir shakllari va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalar paydo bo‘lganda vaksinalar, virusga qarshi vositalar, shaxsiy himoya vositalari, erta tashxis qo‘yish uskunalari bilan ta’minlash va shoshilinch yordam ko‘rsatish maqsadida davlat byudjetidan keyingi yillarda zarur mablag‘lar ajratadi.

2018-yil 1-avgustdan grippning og‘ir shakllari va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarga chalingan hamda klinik-epidemiologik ko‘rsatmalar bo‘yicha parranda va hayvonlarda uchraydigan grippning yuqori patogen viruslarini hamda odamlar uchun xavfli bo‘lgan boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarni yuqtirganlikda gumon qilinayotgan shaxslarga ushbu virus turlari bo‘yicha majburiy tashxis qo‘yilishi belgilab qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют