» » Shavkat Mirziyoyev: Insulin kabi dorilarning narxini pasaytirish, hamma joyga vaqtida yetkazib turish kerak

Shavkat Mirziyoyev: Insulin kabi dorilarning narxini pasaytirish, hamma joyga vaqtida yetkazib turish kerak


Shavkat Mirziyoyev Andijon tumani Xortum qishlog‘idagi Zamin Bio Health MChJ farmatsevtika korxonasiga tashrif buyurdi. Mazkur zavod yiliga 10 million flakon insulin ishlab chiqarish quvvatiga ega, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Qandli diabet kasalligini davolashda qo‘llaniladigan bu dori vositasi O‘zbekistonga chetdan keltiriladi. Zavodning ishga tushirilishi bilan ushbu dori vositasi importi hajmi kamayadi, valyuta tejaladi. Eng muhimi, mazkur dorining narxi pasayadi.

Masalan, hozirgi paytda bir flakon insulinning bozor narxi 36 ming so‘m bo‘lsa, mazkur korxona bu dorini 20 ming so‘mdan yetkazib berishi mumkin.

Mavzuga doir: Andijonda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan insulin ishlab chiqaruvchi zavod ochildi

“Bu juda dolzarb ijtimoiy ahamiyatga ega masala. Insulinga ehtiyoji bor bemor dori topolmasa, hayoti xavf ostida qoladi, hech qachon rozi bo‘lmaydi. Bunday dorilarning narxini pasaytirish, hamma joyga vaqtida yetkazib turish kerak. Odamlar shuni sezsin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston Prezidenti mahalliy ishlab chiqaruvchilar bozorga kirib, raqobatbardosh bo‘lguncha ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, dori substansiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘maklashish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Andijondagi Milana textile korxonasining faoliyati bilan tanishdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют