» » Toshkentdagi avtosalonlardan birining direktori qo‘lga olindi. U Nexia-3 uchun 3 ming dollar “shapka” so‘ragan

Toshkentdagi avtosalonlardan birining direktori qo‘lga olindi. U Nexia-3 uchun 3 ming dollar “shapka” so‘ragan


Toshkent shahar IIBB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi xodimlari pora evaziga avtomobil taklif qilgan shaxsni qo‘lga olish boyicha operatsiya o‘tkazdi, deya xabar bermoqda bosh boshqarma matbuot xizmati.

Toshkent shahar IIBB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga kiritilgan ma‘lumotga ko‘ra, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi ikki shaxs Nexia-3 rusumli avtomobilni 3 ming dollar ustama haqi evaziga xaridorga qisqa muddatda yetkazib berishni taklif qilgani ma’lum bo‘lgan.

“Ulardan biri bevosita shu sohaga aloqador shaxs ekanligi aniqlangan”, — deyiladi IIBB axborotida.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida talab qilingan summani olayotgan vaqtda ijtimoiy fondlardan birining ishchisi, 63 yoshli fuqaro va uning sherigi — “Uzavtotexxizmat” kompaniyasi avtosalonlaridan birining direktori qo‘lga olingan.

Xabar berishlaricha, mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (“Firibgarlik”) va 211-moddasi 2-qismi (“Pora berish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют