» » Toshkentda “Real Madrid kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi?, uni “Qirollik klubi” skautlari bevosita stadiondan kuza?tib boradi

Toshkentda “Real Madrid kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi?, uni “Qirollik klubi” skautlari bevosita stadiondan kuza?tib boradi


2018-yil yanvar oyida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (u vaqtda O‘FF) va “Real Madrid” klubi akademiyasi direktori vakillari uchrashuvi davomida “Qirollik klubi”ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida O‘zbekistonda “Real Madrid” klubining futbol maktabi ochilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.

Mazkur uchrashuvda “Real Madrid” klubining futbol maktabini ochishdan tashqari “Qirollik klubi”da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O‘zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarida mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish bo‘yicha bitim ham imzolangandi.

Ushbu kelishuvga asosan joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonga “Qirollik klubi” skautlari va murabbiylari tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida respublikada faoliyat yuritayotgan bolalar futboli murabbiylari uchun seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar va boshqa turli tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari “Bunyodkor” stadionida 2006-yilda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasida “Real Madrid kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi. Ushbu musobaqani “Qirollik klubi” skautlari va murabbiylari bevosita stadiondan kuzatib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 43) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют